A’zolik to‘lovi — bu tashkilotimizning doimiy faoliyatini yuritish, sifatli xizmatlar ko‘rsatish va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag‘dir. Ushbu oylik to‘lov evaziga siz va oilangiz quyidagilardan foydalana olasiz: Haftalik ingliz tili kurslari. Jismoniy mashg‘ulotlar, musobaqalar va sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha treninglar. Turli xil mavzularda mutahassislar bilan online va offline uchrashuvlar. Ruhiy qo‘llab-quvvatlash va maslahatlar. Madaniy tadbirlar va seminarlar. Ijtimoiy loyihalarda ishtirok etish imkoniyati va hokazolar… A’zolik sizga nafaqat bilim va ko‘nikmalar, balki yangi tanishlar, motivatsiya va ayollar hamjamiyatining bir qismi bo‘lish imkoniyatini beradi va ehson uchun sarflanadi.